Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/07 20:00 Qizilqum 1-2 Dinamo
18/07 20:00 Andijon 1-2 Surxon
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

"Manchester Siti" "Manchester Yunayted" futbolkasi tufayli xodimni ishdan bo‘shatdi

"Manchester Siti" "Manchester Yunayted" futbolkasi tufayli xodimni ishdan bo‘shatdi

Baho:
+ | -

Yakshanba kuni Angliya Premyer-ligasida derbi bo‘lib o‘tdi - "Manchester Siti" "Manchester Yunayted"ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda "Etihad" stadionidagi barda ishlayotgan shaxsning surati tarqaldi. Erkak ish joyiga "Manchester Yunayted" futbolkasini kiyib kelgan.

Muxlislik istaklarini bildirish ishchi yigitga qimmatga tushdi - "Manchester Siti" bu odam ishdan bo‘shatilganini e’lon qildi.

"Bizga bu haqda xabar berganingiz uchun rahmat. Biz u inson ishdan bo‘shatilganini tasdiqlaymiz," - deya "Manchester Siti" shikoyatga javob qaytardi.

Kiritildi: 08:01, 16.09.2025.
O'qildi: 1203 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик