Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 3-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona 5-1 Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart 3-1 Viking
09/09 23:59 Liverpul 2-1 Atletiko
09/09 23:59 Napoli 0-1 Arsenal
09/09 23:59 Sporting 3-1 Galatasaroy
09/09 23:59 PSJ 6-1 Slovan
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche - Roma
10/09 21:45 PSV - Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

“Barselona” o‘tgan mavsum rekord darajada daromad qildi

“Barselona” o‘tgan mavsum rekord darajada daromad qildi

Baho:
+ | -

Kataloniyaning “Barselona” klubi 2025/26-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, 1,06 milliard yevro miqdorida daromad qildi. Bu klub tarixidagi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.

Taqqoslash uchun, 2024/25-yilgi mavsumda jamoaning daromadi 994 million yevroni tashkil etgan edi. Garchi rahbariyat o‘tgan mavsum yakuniga ko‘ra 1,075 milliard yevro ishlab topishni reja qilgan bo‘lsa-da, mo‘ljaldagidan bir oz kamroq mablag‘ yig‘ildi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, 1 milliard yevrodan ortiq pul ishlab topilganiga qaramay, barcha xarajatlar chegirib tashlangach, “Barselona” mavsumni atigi 200 ming yevro sof foyda bilan yakunladi.

Shu bilan birga, “Barselona”ning qarz majburiyatlari ham ortib bormoqda. 2025-yilning iyun oyida 469 million yevroni tashkil etgan klubning sof qarzi hozirgi kunga kelib 607 million yevroga yetgan.

Daromad manbalari qanday taqsimlandi?

Stadion va infratuzilma: Jamoaning yangilangan “Kamp Nou” stadioniga qaytishi ortidan chiptalar savdosi, VIP-paketlar va muzeydan tushgan daromadlar sezilarli darajada o‘sib, 225 million yevroni tashkil etdi (oldingi mavsumda bu ko‘rsatkich 175 mln edi).

Homiylik shartnomalari: Bu borada ham rekord qayd etildi — 265 million yevro (o‘tgan mavsumga nisbatan 5 millionga ko‘p).

Tijorat va lisenziyalar: Klub atributikalari va tovarlar savdosidan 208 million yevro ishlab topildi (+40 mln).

Teletranslyasiyalar: Jamoa Chempionlar Ligasini erta tark etgani sababli, telehuquqlardan keladigan daromad 250 milliondan 246 million yevroga pasaygan.

Transferlar: Futbolchilar sotuvidan jamoa g‘aznasiga 43 million yevro kelib tushdi.

Klubning 2026/27-yilgi mavsum uchun kutilayotgan daromadi 1,195 milliard yevro etib belgilangan. E’tiborlisi shundaki, daromadlar bilan bir qatorda jamoaning ish haqi fondi ham keskin oshishi kutilmoqda. Klubning umumiy maoshlar miqdori 571 milliondan 636 million yevroga, bevosita asosiy jamoa futbolchilarining maoshlari esa 355 milliondan 477 million yevroga oshishi rejalashtirilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:17, 07.09.2026.
O'qildi: 2167 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик