Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Saloh "Byornli"ga qarshi o‘yindan keyin "Liverpul"ning yangi o‘yinchilari haqida gapirdi

Saloh "Byornli"ga qarshi o‘yindan keyin "Liverpul"ning yangi o‘yinchilari haqida gapirdi

Baho:
+ | -

"Liverpul" qanot hujumchisi Muhammad Saloh Angliya Premyer-Ligasi 4-turidan o‘rin olgan "Byornli"ga (1:0) qarshi o‘yindan keyin mersisaydliklarning yangi o‘yinchilari haqida fikr bildirdi. Misrlik futbolchi o‘yin qaydnomasida hujumchi Aleksandr Isakning yo‘qligiga ham munosabat bildirdi. Shvesiyalik futbolchi "qizillar" safiga "Nyukasl"dan 125 mln funt (145 mln yevro) evaziga o‘tdi.

"Bizga kuchli raqib qarshilik qildi. Biz kuchimiz boricha chiziqlar orasida o‘ynashga harakat qildik, ammo g‘alaba qozonish qiyin bo‘ldi. Yakunda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lganimizdan xursandman.

O‘yinchilar bizning sxemamizga moslashmoqda. Bizda boshlang‘ich tarkibda bir nechta yangi o‘yinchilar bor edi. Ularni jamoamiz o‘yiniga qo‘shish uchun vaqt kerak. Ular o‘yinda o‘zlarini qulay his qilishlari uchun harakat qilamiz. Aleks [Isak] o‘tgan hafta keldi va u jamoaga sekin moslashib oladi. Biz muvozanatni topishga harakat qilyapmiz.

Biz taslim bo‘lmaymiz. Shunchaki borimizni berishga harakat qilyapmiz," - deya Salohning so‘zlarini keltiradi "Liverpul" rasmiy sayti.

Kiritildi: 08:55, 16.09.2025.
O'qildi: 1026 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик