Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Bellingem Madrid derbisiga tayyor bo‘lmoqchi

Bellingem Madrid derbisiga tayyor bo‘lmoqchi

Baho:
+ | -

Jud Bellingem Madrid derbisida maydonga qaytish niyatida.

"Real" yarim himoyachisi bu mavsumda hali maydonga tushmagan. Iyul oyi o‘rtalarida inglizning yelkasida jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi - u 2023 yil noyabr oyidan beri muammolarga duch kelayotga edi.

Avvalroq Jud Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 1-turidan o‘rin olgan "Marsel"ga (2:1) qarshi o‘yinda qaydnomaga kiritilgan, ammo zaxirada qoldirilgandi.

AS ma’lumotlariga ko‘ra, dastlabki tiklanish rejasi shunday bo‘lgan. Madridliklarning yakuniy maqsadi Bellingemning 27 sentyabr kuni "Atletiko"ga qarshi o‘yinda to‘liq tayyor holda maydonga tushishidir.

Ta’kidlanishicha, futbolchi derbiga yaxshi holatda kelib, asosiy tarkibda maydonga tushishni maqsad qilgan.

Ushbu o‘yin operasiyadan 74 kun o‘tgach bo‘lib o‘tadi, garchi dastlab futbolchining tiklanishi taxminan 90 kun davom etishi kutilgan edi.

Kiritildi: 22:21, 18.09.2025.
O'qildi: 670 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик