"Everton"ning hujumkor yarim himoyachisi Jek Grilish Chempionlar ligasidan o‘rin olgan "Nyukasl" - "Barselona" uchrashuvi haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Angliyada kataloniyaliklar 2:1 hisobida zafar quchdi.
"Pedri va de Yongning o‘yinlarini tomosha qilish - bu quvonch", - deb yozdi 30 yoshli "irischilar" futbolchisi ijtimoiy tarmoqda.













