Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Maguayr - "Manchester Yunayted"dagi 250-o‘yin haqida: "Men dunyoning eng yaxshi klubida o‘ynayman"

Maguayr - "Manchester Yunayted"dagi 250-o‘yin haqida: "Men dunyoning eng yaxshi klubida o‘ynayman"

Baho:
+ | -1

Xarri Maguayr yaqinda "Manchester Yunayted" safidagi 250-o‘yinini o‘tkazdi. Yubiley "Manchester Siti" bilan 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan derbiga to‘g‘ri keldi. O‘sha uchrashuvda 32 yoshli markaziy himoyachi zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.

"Manchester Yunayted" safida 250ta o‘yin o‘tkazish - katta sharaf. Men klubimizni dunyodagi eng yaxshi klub deb bilaman, shuning uchun juda omadliman. Hozir e’tiborimni kelajakka qaratmoqdaman va "MYU"ning yaxshiroq bo‘lishiga yordam berishga umid qilaman," - dedi angliyalik Sky Sports’ga bergan intervyusida.

Maguayr mankunianliklar safiga 2019 yilning yozida 87 mln yevro evaziga "Lester"dan ko‘chib o‘tgandi. Futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi.

Kiritildi: 07:40, 20.09.2025.
O'qildi: 504 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик