Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Rasman. Bahodir Jalolovning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

Rasman. Bahodir Jalolovning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekistonlik super og‘ir vazn toifasida ringga chiqadigan Bahodir Jalolov (15–0, 14 KO) navbatdagi jangini 6 oktyabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tadigan “IBA Pro 10” turnirida o‘tkazadi. Bu haqda tashkilotning Instagram sahifasida xabar qilindi.

Jalolovning raqibi rossiyalik bokschi Vitaliy Kuduxov (7–3, 3 KO) bo‘ladi. Kuduxov avgust oyida rossiyalik boshqa bir bokschi Vartan Arutyunyanga qarshi ringga chiqib, imkoniyatni boy bergan edi.

Bahodir Jalolov esa so‘nggi jangini 2025 yil aprel oyida Ostona shahrida ukrainalik Igor Shevadzuskiyga qarshi o‘tkazgan va hakamlar yakdil qarori bilan g‘alaba qozongan edi. Shuningdek, Jalolov 26 iyul kuni AQSHning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan boks oqshomida jang qilishi kerak edi. Biroq uning italiyalik raqibi Janmarko Kardilo sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli jangda ishtirok eta olmasligi ma’lum qilgandi.

Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov shu kunga qadar professional boksda 15 marta jang o‘tkazib, ularning 14 tasida muddatidan avval g‘alaba qozongan bo‘lsa, bir bahsda ochkolar hisobiga raqibdan ustun kelgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:41, 23.09.2025.
O'qildi: 3599 marta.
Fikrlar: 22 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик