Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese - Milan
01/03 18:00 Elche - Espanyol
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem - Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted - Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo - Atalanta
01/03 19:00 Brayton - Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm
01/03 20:15 Valensiya - Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

Jovanni Leoni - "Liverpul" himoyasi uchun yangi qo‘rg‘on

Jovanni Leoni - "Liverpul" himoyasi uchun yangi qo‘rg‘on

Baho:
+ | -

Himoya chizig‘i markazidagi yoshga bog‘liq o‘zgarishlar va asosiy himoyachilarning beqarorligi oqibatida «Liverpul» 18 yoshli Jovanni Leoniga ishonch bildirishni lozim topdi. Kattalar futbolidagi faoliyatini endigina boshlagan rimlik himoyachi o‘zining top-darajadagi bo‘lajak yetakchi ekanligiga murabbiylar, ekspertlar va hatto Arrigo Sakkidek futbol afsonasini ham ishontira olgandi. Xo‘sh, u qanday o‘yinchi va nima uchun unga shunchalik jiddiy ishonch bildirishdi?

«S» Seriyadan 35 mln. yevroli transfergacha

Jovanni Leoni 2006 yilning dekabrida Rimdagi suv polosi sportchilari oilasida dunyoga keldi. 16 yoshida Jovanni «S» Seriyaning «Padova» klubida debyutini nishonlab, bir mavsumdan ke­yin «Sampdoriya»ga o‘tdi va qisqa vaqt ichida bexato o‘yinlari bilan yaxshi taassurot qoldirdi. Keyin Leoni «Parma»ga o‘tib, ayniqsa, Kristian Kivu kelganidan keyin mahoratini yanada oshirishga kirishdi. Shu yilning bahorida himoyachi «A» Seriyada 10 marta maydonga tushib, Romelu Lukakudek hujumchilarga qarshi munosib to‘p surdi. Aprelda Leoni «Yuventus»ga qarshi 7ta yakkakurashning 6tasida g‘olib chiqib, o‘zining mavsumdagi eng yaxshi uchrashuvini namoyish etdi.

Ana shu taraqqiyotdan qoniqqan «Liverpul» 35 mln. yevrodan voz kechib, navqiron iqtidor bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

Jismoniy kuch, yetuklik, instinkt

Leoni - zamonaviy tipdagi klassik markaziy himoyachi. 196 sm.li bo‘y bilan nafaqat havoda («A» Seriyada 64ta yakkakurashda ustunlik), yerda ham ishonchli to‘p suradi. Jarima maydonchasida 6ta yakkakurashning 5tasida ustun keldi, o‘zi juda yosh bo‘lsada, o‘yinni chuqur his etadi. U podkatdan juda kam foydalanadi, asosan to‘pni ilib olish va raqibdan tezroq harakat qilishga intiladi. «Podkatni qo‘llayapmanmi, demak, qayerdadir xatoga yo‘l qo‘ydim», - Leoni tilga olib turadigan mazkur ibora Paolo Maldiniga tegishli bo‘lsa, ajabmas, Italiyada uni shu afsonaga taqqoslashadi.

«Parma»dagi roli: sof markaziy himoyachi

Jovanni «Parma»da doimo (86 foiz) himoya markazining o‘ng qanotida to‘p surgandi. U jarima maydonchasiga yaqinroq joylashib, so‘ng­gi tayanch ustuni rolini o‘ynagan va to‘pni ilib olgandi. To‘p bilan ko‘p yurmasada, uzatmalari doimo aniq (88,7 foiz) bo‘lardi. Vaholanki, uning davrida «Parma» to‘pga egalik qilish bo‘yicha «A» Seriyaning eng yomon (44,4 foiz) to‘rtligida yurardi. Hozircha uning kuchli jihatlari himoyada, yaratuvchanlikda emas.

Statistika nima deydi?

-  90 daqiqa ichida 0,77ta bartaraf etilgan zarbalar - «A» Seriyadagi himoyachilar orasidagi eng yaxshi ko‘rsatkichlardan biri.

-  59,1 foiz yer ustidagi yakkakurashlarda ustunlik.

-  Raqiblardan 14 marta to‘pni tortib olish - top-ligalar beshligining 18 yoshgacha bo‘lgan boshqa himoyachilarga nisbatan eng yaxshi natija.

-  Leoni «Barselona»dagi Pau Kubarsidan tashqari, 18dan kichik yoshdagi barcha markaziy himoyachilardan ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgan.

Leoni qaysi jihatlarni oshirishi kerak:

Arne Slot tizimida markaziy himoyachilar to‘pni nisbatan ko‘proq olib yuradilar. Leoni «Parma»da o‘rtacha 59,7 teginish va 46,3 uzatmani amalga oshirardi. Taqqoslash uchun:

-  van Deyk: 90,4 teginish va 79 uzatma;

-  Konate: 77,9 teginish va 66,6 uzatma.

Shuningdek, yaxshilanishi lozim bo‘lgan ko‘rsatkichlar:

-  olis uzatmalar: 44tadan 14tasi aniq, ularning 5tasi ortga.

-  to‘pni olib yurish: har bir o‘yinda atigi 3,5 progressiv yurish (van Deykda 8,8, Konateda 8,0).

O‘quvchilar o‘qituvchilarga qarshi

Leonining yangi jamoaga moslashuvi qiziqarli jarayonga aylanishi mumkin. Chunki uning «kumiri» - Virjil van Deyk hamon shu jamoada to‘p surmoqda. «Padova»da yurgan paytida Leoni aynan niderlandiyalik futbolchi uning himoyaviy harakatlarida nishon bo‘lishini aytgandi. Endi u to‘g‘ridan-to‘g‘ri «kumiri»dan saboq olishi mumkin.

Boshqa tomondan, van Deykning o‘zi faoliyatini yakunlashga, Konate esa klubni tark etishga taraddud ko‘rmoqda. Jo Gomes jiddiy jarohatdan keyin salomatligini tiklamoqda. Bularning barchasi navqiron italiyalikka tezroq asosiy tarkibga yo‘l ochadi.

Arrigo Sakkining mulohazasi

Himoyachilarni bir qarashda kim farqlay oladi, desangiz, Arrigo Sakkini ko‘rsatishadi. U Leoniga qisqa, lekin mazmunli ta’rif berdi: «U - aqlli, mehnatsevar va yetuk yigit. Ayrimlar uning «A» Seriyada atigi 17ta o‘yin o‘tkazganini aytishadi. Mening javobim quyidagicha: shuning o‘zi yetarli. Iqtidori yaqqol ko‘rinib turibdi».

Italiyaning eng yaxshi murabbiylaridan birining qo‘llab-quvvatlashi ko‘pchilikning butun bir faoliyatiga bemalol yetardi.

Xulosa

Jovanni Leoni - kamyob hodisa: 18 yoshida jismonan balog‘atga yetgan, taktik jihatdan savodxon, ruhan barqaror yigit. U hujumni tashkil etishga g‘o‘rlik qiladi, lekin o‘zi qanday to‘p surishni puxta o‘rgangan - top-klub darajasida.

«Liverpul» o‘yinlar soni oz bo‘lgan futbolchilarni olavermaydi. Lekin Leoni xususida asosli dalillarga ega - Jovanni klubning so‘nggi yillardagi eng yaxshi transferlaridan biri bo‘lishi mumkin.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 23:41, 24.09.2025.
O'qildi: 1205 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.