Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Joan Laporta: «Barsa» bu mavsum imkoni bor barcha sovrinlarni yutishi kerak»

Joan Laporta: «Barsa» bu mavsum imkoni bor barcha sovrinlarni yutishi kerak»

Baho:
+ | -

Hamisha shov-shuvli bayonotlari bilan omma e’tiborini tortishga odatlangan «Barselona» prezidenti Joan Laporta yana Ispaniya nashrlari bosh sahifalarida ko‘rinish berdi. To‘g‘ri, tajribali funksioner va jurnalistlar o‘rtasidagi suhbat bu safar ancha sokin kechdi. Asosiy mavzular — klub bilan bog‘liq dolzarb masalalar, «Kamp Nou»ga qaytish harakati, Gamper kubogida qo‘lga kiritilgan g‘alaba va Inigo Martinesning ketishi...

Umidlarga to‘la yangi mavsum

— Yangi mavsum — yangi marralar sari yo‘l. Shunday ekan, bu gal oldingisidan-da ko‘proq muvaffaqiyat xohlaymiz. Ishonchim komil, o‘zimiz ishtirok etadigan barcha musobaqalarda bosh sovrin uchun asosiy da’vogarlardan birimiz. O‘ylaymanki, «Barselona» muxlislari jamoa Xansi Flik qo‘l ostida tobora yaxshilanib borayotganidan mamnunlar. O‘z navbatida, futbolchilar ham yanada yuqori marralarni ko‘zlamoqdalar. Muhimi, muxlislarimizga quvonch ulashsak, bas. Klub boshqaruviga qa­yt­ganimdan buyon «Barsa»ni qo‘llab-quvvatlash quvonchini qaytarish majburiyatini teran his qilmoqdaman. Hozir jamoa hamjihat va iqtidorli ijrochilarga ega kuch bo‘lib borayotganini ko‘ryapman. Xullas, bizni oldinda unutilmas lahzalar kutib turibdi, bunga shubha yo‘q.

«Spotify Kamp Nou» stadioniga qaytish

— OAVda berilayotgan xabarlar to‘g‘ri — stadion foydalanishga topshirilish arafasida. Quvonarli tomoni, «Kamp Nou» kundan-kunga chiroy ochmoqda. Biz bilan hamkorlik qilayotgan qurilish tashkiloti shahar kengashi talablariga muvofiq, rekonstuksiya ishlarini yakunlamoqda. Binobarin, arenadan foydalanish lisenziyasini aynan shahar kengashi beradi. Xullas barchamiz jonajon uyimiz — «Spotify Kamp Nou»ga qaytish onlarini intiq holda kutyapmiz.

Futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish masalasi

— Tan olish kerak, oxirgi haftalar klub ofisida ish har qachongidan-da ko‘paydi. Chunki ba’zi transferlarni qisqa fursatda yakunlashga to‘g‘ri keldi. Qolaversa, moliya­viy «Feyr-pley» talablariga mos ravishda ishlash, yangi futbolchilarni La Liga ro‘yxatiga kiritish masalalari bor edi. Xayriyatki, mavsum oldidan mavjud muammolarning aksariyatini ijobiy hal qildik. Hozir qolgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ham izlanishdamiz.

Gamper kubogidagi g‘alaba

— Gamper kubogi uchun bahsda ajoyib muhit hukm surdi. Ayniqsa, Sesk Fabregas va Serxi Roberto bilan yana uchrashish yoqimli bo‘ldi. Deylik, Roberto almashtirilgan pallada muxlislar uni chinakamiga olqishlashgani juda ta’sirli chiqdi. Gamper kubogi orqali yangi mavsum oldidan barchaga bayramona kayfiyat ulashishni o‘ylagandik va buni ortig‘i bilan uddaladik, menimcha.

Inigo Martinesning ketishi

— Inigoning ketishi katta yo‘qotish, shubhasiz, lekin undan minnatdormiz, baribir. Martines «Barselona»da haqiqiy yetakchilardan biri edi va ajoyib mavsumdan so‘ng jamoa bilan mag‘rur holda xayrlashdi. Aslida shartnomasi yakunigacha uni klubda olib qolishni istagandik, faqat futbolchi ba’zan o‘z hayotida yuzaga kelgan imkoniyatlar poyezdini ketkazib yubormasligi kerak. Shu ma’noda jamoa sardori qarorini to‘g‘ri qabul qildik hamda unga kelgusi faoliyatida omad tiladik...

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 23:57, 24.09.2025.
O'qildi: 1159 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик