Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal - Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Levandovski «Barselona»dagi gollari soni bo‘yicha Neymarga yetib oldi

Levandovski «Barselona»dagi gollari soni bo‘yicha Neymarga yetib oldi

Baho:
+ | -

«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski jamoa safidagi 105-golini urdi. Forvard Ispaniya chempionati 6-turidan o‘rin olgan «Ovyedo»ga qarshi o‘yinda (3:1) bitta gol muallifi bo‘ldi.

Shu yo‘l bilan u kataloniyaliklarning sobiq braziliyalik hujumchisi Neymar bilan gollar sonida tenglashdi, deb xabar bermoqda MisterChip o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Levandovski 2022 yildan beri «Barselona» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi. Hozirgi paytda futbolchining transfer bahosi 12 mln yevro etib belgilangan.

Xans-Diter Flik boshqaruvidagi «Barselona» 16 ochko to‘plab, La Liganing turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Keyingi turda, 28 sentyabr kuni, «Barselona» o‘z maydonida «Real Sosyedad»ni qabul qiladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:45, 26.09.2025.
O'qildi: 1076 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик