"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Robert Levandovski va Frenki de Yongni maqtadi.
Niderlandiyalik futbolchi ikkinchi bo‘lim boshlanishidan oldin zaxiradan maydonga tushgan bo‘lsa, polshalik 65-daqiqada maydonga tushdi.
"Levandovski va de Yongning maydonga tushishi juda omadli bo‘ldi. Ular bizga kerak. Uch ochkoni qo‘lga kiritganimizdan xursandman", - dedi Flik.













