Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Doston Abdulhayev: “Bo‘lajak o‘yinda muxlislar ishonchini oqlashga intilamiz”

Doston Abdulhayev: “Bo‘lajak o‘yinda muxlislar ishonchini oqlashga intilamiz”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Superligasining 23-turidan o‘rin olgan  “Navbahor” – “Qizilqum” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar”ning 24 yoshli mahoratli himoyachisi Doston Abdulhayev bo‘lajak bellashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bu safargi raqibimiz “Qizilqum” “chaqilmas yong‘oq”. Shu bois, bo‘lajak bahsning keskin hamda murosasiz kurashlar ostida, tomoshabop kechishi ehtimoli yuqori. Bundan tashqari, mazkur o‘yinda yangi bosh murabbiy Sherzod Hamidovich Jo‘rayev qo‘l ostida maydonga tushamiz va uning debyut uchrashuvida ijobiy natijani qayd etish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.

Shuningdek, avvalgi o‘yinlarda omadsizlikka uchrab, muxlislarni ranjitib qo‘ydik. Shu bois, “Qizilqum” bilan bo‘ladigan bahsda g‘alaba qozonib, ishqibozlarga quvonch ulashish niyatidamiz.   
Ishqibozlardan esa jamoamizni shunday qiyin kunlarda yolg‘izlatib qo‘ymasliklari, stadionda munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab turishlarini so‘rayman. Biz esa qo‘ldan kelganicha ularning ishonchlarini oqlashga harakat qilamiz, - dedi Doston Abdulhayev.

Manba: https://t.me/fcnavbahor
Kiritildi: 23:51, 26.09.2025.
O'qildi: 503 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.