Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Kimmix: "Keynning to‘psiz o‘yini aql bovar qilmaydi"

Kimmix: "Keynning to‘psiz o‘yini aql bovar qilmaydi"

Baho:
+ | -

"Bavariya" yarim himoyachisi Yozua Kimmix jamoadoshi Harri Keynning muvaffaqiyati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Hujumchi juma kuni Bundesliga doirasidagi "Verder"ga qarshi o‘yinda (4:0) ikkita gol urdi. Angliyalik futbolchi myunxenliklar safida 104 ta o‘yinda maydonga tushib, 100 ta golga ega.

"Uning biz uchun o‘ynayotganidan juda xursandmiz. Keynning nafaqat gollari, balki maydondagi va uning tashqarisidagi xarakteri, shuningdek, mehnatsevarligini e’tirof etish kerak.

Uning jamoaning to‘p bilan ham, to‘psiz ham o‘yiniga qo‘shgan hissasi aql bovar qilmaydi", - deya Kimmixning so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.

Kiritildi: 10:58, 27.09.2025.
O'qildi: 596 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик