Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Flik — Garsiyaning jarohati haqida: «Bu yomon, ammo Shchensni bilan «Barselona» uchta sovrin olgan»

Flik — Garsiyaning jarohati haqida: «Bu yomon, ammo Shchensni bilan «Barselona» uchta sovrin olgan»

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik darvozabon Joan Garsiya jarohat olgandan keyin 35 yoshli posbon Voysex Shchensniga ishonch bildirdi.

26 sentyabr kuni klub ispaniyalik golkiperning chap tizzasida ichki menisk uzilishi aniqlanganini ma’lum qildi. U taxminan to‘rt-olti hafta maydondan tashqarida qolishi kutilmoqda.

«Joan Garsiyaning jarohati... bu yaxshi emas. Ammo bizda Shchensni bor. O‘tgan mavsum unga ishonib uchta sovrin qo‘lga kiritdik», — deya Flikning so‘zlarini jurnalist Jerar Romero ijtimoiy tarmoq X'da keltirdi.

2024/2025 yilgi mavsumda kataloniyaliklar Ispaniya chempioni, mamlakat kubogi va Superkubogi sohibi bo‘lishdi. Polsha terma jamoasi darvozaboni barcha musobaqalarda 30 o‘yinda maydonga tushib, ularning 14 tasida darvozasini sof saqlay oldi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 17:09, 27.09.2025.
O'qildi: 1087 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик