Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gvardiola: "U "Manchester Siti" uchun juda muhim

Gvardiola: "U "Manchester Siti" uchun juda muhim

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa hujumchisi Jeremi Dokuning joriy mavsumdagi o‘yini haqida fikr bildirdi.

Premyer-liganing 6-turidan o‘rin olgan o‘yinda "shaharliklar" o‘z maydonida "Byornli"ni 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Doku 1 ta golli pas berdi.

"Menda shunday hissiyot borki, Doku maydonning so‘nggi uchdan bir qismida vazminroq qarorlar qabul qila boshladi! U chuqur himoyada o‘ynaydigan jamoalar uchun aql bovar qilmaydigan xavf tug‘diradi. Jeremi haqiqatan ham biz uchun juda muhim, juda muhim!," - dedi Gvardiola jurnalistlarga.

Joriy mavsumda 23 yoshli belgiyalik barcha musobaqalarda yettita uchrashuvda qatnashib, gol urdi va uchta assist muallifiga aylandi.

Kiritildi: 07:59, 28.09.2025.
O'qildi: 1058 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик