Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Bahrom Haydarov: "Chiroyli o‘yin guvohiga aylandik, durang adolatli natija"

Bahrom Haydarov: "Chiroyli o‘yin guvohiga aylandik, durang adolatli natija"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Superliganing 23-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Bunyodkor" (2:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bunyodkor" O‘zbekistonning eng kuchli jamoalaridan biri. Qancha ko‘p gapirsak ham istaymizmi yoki yo‘q yigitlarda o‘yin boshida hayajon kuzatildi. Keyin o‘zlariga kelib olishdi.

Umuman olganda adolatli durang bo‘ldi deya olaman. Chiroyli o‘yin guvohiga aylandik. Ikki jamoa ham yutishni istadi, durangni ushlab qolishga o‘ynashmadi. 2:1dan so‘ng yana hayajon bo‘ldimi bilmadim. Hozir ularga ham aytdim, 2:1ni 3:1 qilish mumkin, 4:1ga aylantirsa bo‘ladi. Yana oldinga qarab o‘ynash kerak. Biz o‘zimiz imkoniyat berib qo‘ydik. Jamoada o‘ziga ishonch ortib boryapti. 3 ochko olsak yaxshi bo‘lardi, turnir jadvali shuni taqozo qilmoqda. Lekin 2 ta o‘yindan beri g‘alabaga erisha olmadik

- Maydon markazidagi o‘yin haqida...

- Avvalgi uchrashuvlarni ko‘rib chiqib aytgandik, ular 3 ta yarim himoyachi bilan o‘ynardi. Bizda biroz boshqacharoq. Futbolchilarga to‘p raqibda bo‘lganida bir-biriga yaqinroq o‘ynashni ta’kidlagandik. Ozgina masofalar kengayib ketdi. Shuning hisobiga markazni berib qo‘ydik. Iqbol Malikjonovni tushirdik, markazdagi o‘yinni o‘z tomonizga og‘dirishga urindik. Ertaga yana tahlil qilib chiqamiz. Ikkinchi bo‘limda Malikjonov tushmaguncha bu yaqqol ko‘zga tashlanib turgandi...

- Toshtemirovning qizil kartochkasi haqida...

- Ikkinchi sariq bo‘ldi. Maydon markazida taktik fol deyishadi. O‘yinchi o‘tib ketsa gol urishi mumkin edi. O‘yinchingiz qizil olishi yaxshi emas. Bunga e’tiroz yo‘q, majbur edi.

- Temurxo‘ja Abduxoliqov borasida himoyachilarga aytilganmidi?

- Temurxo‘jani asosiy tarkibda maydonga chiqadi deb o‘ylagandik. Yakka o‘zi oldinda o‘ynardi. Himoyachilarga ham bu haqida aytilgan. Yarimta vaziyatdan gol uradigan hujumchi. Charchoqda e’tibor yo‘qoldi. Bo‘ydor himoyachilar pozisiyada yutqazib qo‘ydi. Mahorat kuchli ekan jamoasini olib chiqib ketdi.

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 21:55, 28.09.2025.
O'qildi: 499 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.