Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya
14/10 12:45 Melburn Viktori - Seul

"Al Hilol"ni yengish o‘zbek klublari uchun uddalab bo‘lmas topshiriq emas

"Al Hilol"ni yengish o‘zbek klublari uchun uddalab bo‘lmas topshiriq emas

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun OFK Elit chempionlar ligasi musobaqasining 2-turi doirasida Qarshining "Nasaf" klubi o‘z maydonida Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" jamoasini qabul qiladi.

Ta’kidlash kerakki, Osiyo chempionlar ligasida 4 marta chempionlikni qo‘lga kiritgan ushbu klub shu vaqtgacha O‘zbekiston klublari bilan 24 marta kuch sinashgan va atigi 3 ta o‘yinda o‘zbek klublariga mag‘lub bo‘lgan.

Bugun "Al-Hilol" klubi ustidan qozonilgan g‘alabalarni eslaymiz.

"Mash’al" 2:1 "Al-Hilol" (2006)

2006 yilning 26 aprel sanasida Muborakning "Mash’al" jamoasi Saudiyaning "Al-Hilol" klubini qabul qildi. Osiyo Chempionlar ligasining 4-turidan o‘rin olgan ushbu o‘yinni tomosha qilish uchun Qarshidagi "Markaziy" stadionga 6 mingdan ortiq muxlis tashrif buyurgandi.

Uchrashuv Qashqadaryo vakilining g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yinning 50-daqiqasida Botir Qorayev hisobni ochgan bo‘lsa, 82-daqiqada Zafar Xolmurodov hisobidagi farqni 2 taga yetkazgandi.

Hakam tomonidan ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda "Al-Hilol" hujumchisi Abdulloh Al-Dosari jamoasining yagona javob golini kiritdi. O‘yin shu hisob bilan yakunlangandi.

"Lokomotiv" 2:1 "Al-Hilol" (2016)

2016 yil Toshkentning "Lokomotiv" klubi o‘z tarixida birinchi marta Osiyo Chempionlar ligasining nimchorak finaliga yo‘l oldi. Ushbu bosqichda Andrey Miklyayev shogirdlariga Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" jamoasi raqiblik qildi. 17 may kuni klublar Ar Riyod shahrida to‘qnash keldi. Uchrashuv 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlangandi.

24 may kuni ushbu jamoalar Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida javob o‘yinini o‘tkazdi. Uchrashuvning 26-daqiqasida Islom To‘xtaxo‘jayev hisobni ochdi. 56-daqiqada Sherzod Fayziyev hisobidagi farqni 2 taga yetkazdi. 89-daqiqada "Al-Hilol" sardori Muhammad Shalhub penaltidan jamoasining yagona javob to‘pini kiritgandi.

O‘yin aynan shu hisob bilan yakunlandi va "Lokomotiv" jamoasi Osiyo chempionlar ligasining chorak finaliga yo‘l oldi.

"Paxtakor" 1:0 "Al-Hilol"

2025 yilning 4 mart kuni Toshkentning "Paxtakor" klubi OFK Elit chempionlar ligasi musobaqasining nimchorak finali doirasida "Al-Hilol" jamoasini qabul qildi. Ushbu o‘yinni tomosha qilish uchun "Jar" stadioniga 5 mingdan ortiq muxlislar tashrif buyurdi.

Uchrashuvning 29-daqiqasida "Paxtakor" jamoasining legioner futbolchilari o‘yin taqdirini hal etdilar. Brayan Riaskosning ajoyib uzatmasini Flamarion Yasin Bunu qo‘riqlayotgan darvozaga joylab qo‘ydi.

O‘yin aynan 1:0 hisobida yakunlandi. Shu tariqa, "Paxtakor" klubi o‘z tarixida birinchi marta "Al-Hilol"ni mag‘lub etdi.

Biz "Nasaf" jamoasining birinchi tur doirasida 2:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan ersa-da, Elit Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibiga qarshi qay tahlid qarshilik ko‘rsatganining guvohi bo‘ldik. Demakki, "ajdarlar"dan ushbu bellashuvda ijobiy natija kutishga haqlimiz. Zero, "Al Hilol"ni yengish o‘zbek klublari uchun uddalab bo‘lmas topshiriq emas.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 16:36, 29.09.2025.
O'qildi: 1609 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик