Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa - Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol - Elche
19/09 00:00 Brentford - Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

UEFA Isroilni JCHdan chetlata olmadi, ammo Isroilga sanksiya qo‘llaniladi

UEFA Isroilni JCHdan chetlata olmadi, ammo Isroilga sanksiya qo‘llaniladi

Baho:
+ | -

Donald Tramp shaxsan FIFA rahbari Janni Infantinoga murojaat qilib, Isroilni Jahon chempionati saralashidan chetlatmaslikni so‘ragan.

Isroil terma jamoasi JCH saralashini yakunlaydi, biroq unga sanksiyalar qo‘llaniladi.

Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UEFA) Isroil terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionati saralash musobaqalaridan chetlatishga urinmaydi. Bu haqda The Guardian gazetasi xabar bermoqda.

Biroq, nashr ma’lumotlariga ko‘ra, tashkilot sanksiyalar joriy etadi: ular faqat UEFA’ning bevosita nazorati ostidagi musobaqalarga taalluqli bo‘ladi.

Boshqacha aytganda, The Guardian nashri Isroil terma jamoasi Millatlar ligasining keyingi turnirida ishtirok eta olmasligini, Tel-Avivning «Makkabi» jamoasi esa joriy mavsumda Yevropa ligasidan chetlashtirilishini ta’kidlamoqda. Manba ma’lumotlariga ko‘ra, aynan shunday qaror qabul qilinadigan UEFA ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishi shu hafta ichida o‘tkaziladi.

Jahon chempionati Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyasi (FIFA) homiyligida o‘tkaziladi, saralash musobaqasini tashkil etish esa UEFA’ning vakolati doirasiga kiradi. Hozirgi kunda Isroil terma jamoasi saralashning I guruhida 5 o‘yinda 9 ochko to‘plab, uchinchi o‘rinda turmoqda. Undan oldinda Norvegiya (15 ochko, 5 o‘yin) va Italiya (9 ochko, 4 o‘yin) jamoalari bormoqda.

Juma kuni The Athletic portali AQSH Davlat departamentining nomi oshkor etilmagan xodimi bayonotini keltirdi. U «Isroil milliy terma jamoasini jahon chempionatidan chetlatishga qaratilgan har qanday urinishlarning oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rish» niyatida ekanligini ta’kidladi. The Times xabariga ko‘ra, AQSH prezidenti Donald Tramp FIFA rahbari Janni Infantinoga aynan shu iltimos bilan murojaat qilgan.

Futbol bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati 2026 yilning 11 iyunidan 19 iyuligacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Manba: vaqt.uz
Kiritildi: 21:34, 29.09.2025.
O'qildi: 3289 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик