Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Aleksandr Xomyakov: "Bizga tetiklik yetishmadi"

Aleksandr Xomyakov: "Bizga tetiklik yetishmadi"

Baho:
+ | -

Superliga 23-turidan o‘rin olgan "Mash’al" — "Buxoro" (0:0) uchrashuvidan so‘ng "Buxoro" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— O‘yin haqida fikringiz?

— Bugun olti ochkolik o‘yin bo‘ldi. Buni hamma tushunib turgandi. Chunki ikkala jamoa ham bir maqsad yo‘lida, ya’ni Superligada qolish uchun kurash olib boryapti. O‘yinda ustunlik ko‘proq "Mash’al" tomonida bo‘ldi. Biz esa o‘zimizni ko‘rsata olmadik. Buning ustiga birinchi taymda futbolchimiz qizil kartochka oldi va vaziyat biz uchun yanada og‘irlashdi. Shunga qaramay oxirigacha kurash olib borgan futbolchilarga o‘z rahmatimni aytaman. Biz qo‘lni tushirmadik va safarda bir ochko qo‘lga kiritdik. To‘g‘ri, yutishni xohlagandik, lekin uchrashuvdagi ko‘p vaziyatlardan kelib chiqqan holda durang yomon emas deb o‘ylayman.

— Zaxiradan futbolchilarni tushirish orqali nimaga ko‘proq urg‘u berdingiz?

— Bunday paytda o‘yinga qo‘shilib ketish qiyin bo‘ladi. Shu bois zaxiradan tushganlar birdaniga o‘yinni kuchaytirib yubordi deya olmayman. Muhimi, bahs tempini tushirmasdan bir tekis tugatib qo‘ydik.

— Qizil kartochka haqida fikringiz?

— Epizodni qayta ko‘rishimiz kerak. O‘yindagi holatlardan biri ro‘y berdi, futbolchimiz tirsagi bilan urdimi-yo‘qmi, bilmayman. Hakam esa qaror qabul qildi.

— Jamoangiz "So‘g‘diyona" va "Navbahor"ni mag‘lub etdi, ammo "Mash’al"ni yenga olmadi.

— Shuni aytishim mumkin, bizga emosiya yetishmadi. Xarakter ko‘rsata oldik, lekin yutish uchun kuchli ishtiyoq ham kerak. Kubok yarim finalidan so‘ng oradan to‘rt kun o‘tdi va bu vaqt oralig‘ida hech qanaqa taktika ishlab chiqa olmaysan. Bunday pallada ishtiyoq ko‘p narsani hal qiladi. Bugun "Mash’al" jamoasi bizga nisbatan tetik edi. Chunki muborakliklar bir haftadan ko‘proq dam olishdi. Bizga esa tetiklik yetishmadi.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 00:06, 01.10.2025.
O'qildi: 527 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик