Erling Xoland 31 avgustdan beri barcha o‘yinlarda gol urmoqda.
"Manchester Siti" forvardi Chempionlar ligasi doirasida "Monako" bilan o‘yinda dubl muallifi bo‘ldi.
Xoland ketma-ket sakkizinchi o‘yinda gol urdi - u 2021 yildan beri bunday seriyani qayd etmagandi.













