Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

JCH-2026 rasmiy to‘pi «Trionda» haqida

JCH-2026 rasmiy to‘pi «Trionda» haqida

Baho:
+ | -

2026-yilgi Jahon chempionati rasmiy to‘pi namoyish etildi.

«Trionda» — «Adidas» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

«Trionda» nomi ispan tilidan tarjima qilinganda «uch to‘lqin» degan ma’noni anglatadi. Bu nom birinchi bor uch davlat – Kanada, Meksika va AQSH – birgalikda musobaqani mezbonlik qilayotganini ramziy tarzda namoyish etadi. To‘pning dizayni va innovasion texnologiyalari musobaqaning tarixiy ahamiyatini o‘zida mujassam etgan.

FIFA prezidenti Janni Infantino quyidagicha izoh berdi:

«FIFA Jahon Chempionati-2026 uchun rasmiy to‘p – bu chinakam san’at asari! Men «Trionda» to‘pini taqdim etishdan xursandman va faxrlanaman. «Adidas» yana bir bor ramziy va texnologik jihatdan mukammal to‘pni yaratdi – bu dizayn uch mezbon mamlakat – Kanada, Meksika va AQSHning birdamligini, ishtiyoqini o‘z ichiga oladi.

Bu go‘zal to‘pning darvozani to‘riga borib tushishini intiqlik bilan kutyapman. Futbol bayrami tobora yaqinlashmoqda – va to‘p endi harakatda!»

«Trionda» to‘pining o‘ziga xos xususiyatlari:

— Ranglar uyg‘unligi: — Kanada (qizil), Meksika (yashil) va AQSH (ko‘k) ranglaridan ilhomlangan.

— To‘lqinli geometrik dizayn: — Yangi to‘rt paneldan iborat shakl, to‘lqin effektlarini aks ettiruvchi chuqur choklar orqali havo harakatida mukammal barqarorlikni ta’minlaydi.

— FIFA Jahon chempionati kubogiga ishora sifatida oltin bezaklar ishlatilgan.

Yangi avlod texnologiyalari:

— Yopishqoqlikni oshiruvchi yuzaki ikonlar, ayniqsa nam havoda o‘yin uchun qulaylikni ta’minlaydi.

— Unga 500 gers chastotadagi harakat datchigi o‘rnatilgan. Bu texnologiya to‘pning harakatini aniq qayd etib, VAR tizimiga real vaqt rejimida ma’lumot yuboradi, ayniqsa noaniq vaziyatlar, jumladan ofsayd holatlarini aniqlashda yordam beradi.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 08:15, 03.10.2025.
O'qildi: 1489 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.