Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

«MYU» mavsum o‘rtasida «An-Nasr» jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkin

«MYU» mavsum o‘rtasida «An-Nasr» jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkin

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» mavsum o‘rtasida qo‘shimcha daromad olish maqsadida Saudiya Arabistonida o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Mankunianliklar qiziqish bildirgan taraflar bilan dastlabki muzokaralar olib bormoqda, o‘yin sanalarini va ehtimoliy raqiblarni o‘rganmoqda. Bu haqda The Sun xabar berdi.

Manbaning ma’lumot berishicha, «qizil iblislar» uchun eng maqbul variant — sobiq futbolchisi Krishtianu Ronaldu to‘p surayotgan «An-Nasr»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etish hisoblanadi.

«Manchester Yunayted» bu g‘oyani hujjatli film suratga olishdan voz kechgandan keyin ko‘rib chiqishni boshlagan. Ushbu film klubga «millionlab» daromad keltirishi mumkin edi.

Ta’kidlanishicha, o‘tgan mavsum yakuniga ko‘ra Chempionlar Ligasiga chiqish imkoniyatini qo‘ldan boy bergani uchun «Manchester Yunayted» 100 mln funt (115 mln yevro) yo‘qotgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:24, 03.10.2025.
O'qildi: 741 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик