Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

“Barselona” sport direktori Yamal borasida Ispaniya terma jamoasi bilan yuzaga kelgan ziddiyatga izoh berdi

“Barselona” sport direktori Yamal borasida Ispaniya terma jamoasi bilan yuzaga kelgan ziddiyatga izoh berdi

Baho:
+ | -

“Barselona” sport direktori Deku klub hujumchisi Lamin Yamal bilan bog‘liq vaziyat tufayli Ispaniya terma jamoasi va klub o‘rtasidagi tortishuv haqida fikr bildirdi.

Sentyabr oyidagi terma jamoalar o‘yinlaridan so‘ng “Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik “Qizil furiya” futbolchilarni ehtiyot qilmasligini aytgan edi. Nemis mutaxassisi Yamalda noqulaylik bo‘lishiga qaramasdan uni terma jamoa o‘yinlariga jalb etilganidan norozi bo‘lgan. Keyinroq Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Flikning so‘zlaridan ajablanganini bildirgan.

"Lamin sonining past qismida noqulaylik his qilgan va “PSJ”ga qarshi o‘yin uchun tiklanishga harakat qilgan, o‘zining eng yaxshi darajasida o‘ynashni xohlagan. Biroq 90 daqiqa davomidagi yuqori shiddatni hisobga olsak, hammasi rejaga ko‘ra ketmadi.

O‘yindan so‘ng Laminga maxsus tayyorgarlik kerakligi uchun u “Sevilya”ga qarshi o‘yinda ishtirok etmasligi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Tibbiy hisobot Ispaniya futbol federasiyasiga yuborildi. Lamin de la Fuente bilan gaplashganmi-yo‘qmi, bilmayman. U (de la Fuente) bunday huquqqa ega, ilgari u Gavi bilan ham muloqot qilgan edi. Laminda hamon noqulaylik bor edi, u o‘zini yaxshi his qilmagan. Biz bu holatni klub ichida muhokama qildik va terma jamoaga ma’lum qildik.

Men terma jamoa ichida emasman, shuning uchun u yerda futbolchilar sog‘ligiga qay darajada e’tibor berilishini aniq bilmayman. Ammo biz ular futbolchilarga yaxshi munosabatda bo‘lishini bilamiz. Bunday vaziyat hammaga ham yoqmasligi mumkin", — dedi Deku Catalunya Ràdio’ga bergan intervyusida.

Manba: championat.com
Kiritildi: 06:55, 08.10.2025.
O'qildi: 1345 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик