Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va Qozog‘iston futbol federasiyasi rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va Qozog‘iston futbol federasiyasi rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov va Qozog‘iston futbol federasiyasi prezidenti Marat Omarov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakat futbol tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish hamda mintaqaviy loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan mamlakatimiz futbol tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi infratuzilma loyihalari, futbol ta’limi va akademiyalar tarmog‘ining rivoji, shuningdek, murabbiylar va tibbiyot xodimlari malakasini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, hamda davlat rahbari tashabbusi bilan Turkiy davlatlar o‘rtasida turnir o‘tkazish masalasi muhokama qilinayotgani hamda Milliy futbol markazi foydalanishga topshirilgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov so‘nggi yillarda futbol boshqaruvida tizimli yondashuv kuchaygani, futbolda shaffoflikni ta’minlash maqsadida Hakamlar akademiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgani, yosh hakamlar uchun o‘quv dasturlar tashkil etilgani hamda Milliy futbol markazida markazlashgan VAR tizimi faoliyati yo‘lga qo‘yilgani ta’kidladi.

Shuningdek, mamlakatimizda 14 ta hududiy futbol akademiyasi faoliyat yuritayotgani, ularning barchasi yagona metodologiya asosida ishlayotgani va futbol sohasida to‘liq raqamlashtirish tizimi joriy etilgani qayd etildi. Yangi futbol infratuzilmalari, “FIFA Central Asian Cup” – FIFA Markaziy Osiyo kubogi turnirini tashkil etish tashabbusi ham muhokama etildi.

Qozog‘iston tomoni esa mamlakatda olib borilayotgan islohotlar, futbol infratuzilmasini modernizasiya qilish va xususiy klub tizimini kengaytirish borasida ma’lumot berdi. Jumladan, to‘rtta klub xususiylashtirilgani, Germaniyadan tibbiyot markazlari uchun mutaxassislar jalb qilinayotgani, FIFA va QFF tomonidan butun mamlakat bo‘ylab yangi futbol maydonlari, jumladan “arena football” inshootlari qurilishi boshlanganini ma’lum qildi.

Shuningdek, yaqin istiqbolda “Atletiko Madrid” akademiyasining ochilishi rejalashtirilgani, homiylik tizimini kengaytirish va yosh futbolchilarni tayyorlash bo‘yicha ishlar izchil davom etayotgani aytib o‘tildi.

Tomonlar UYEFA va FIFA bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikning samarali davom etayotganini qayd etib, o‘zaro o‘rtoqlik o‘yinlarini ko‘paytirish, mutaxassislar tayyorlash va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldilar.

Uchrashuv yakunida ikki mamlakat futbol assosiasiyalari o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga kelishildi.

Kiritildi: 14:53, 09.10.2025.
O'qildi: 1140 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.