Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

"Milan" Levandovskining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda

"Milan" Levandovskining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

Polshalik hujumchi Robert Levandovski "Barselona" bilan xayrlashishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, uning to‘rt yillik shartnomasi yakunlanmoqda va u uzaytirilmaydi. Polshalik allaqachon Saudiya Arabistoni va boshqa arablarning takliflarini rad etib, yana kamida ikki yil Yevropada yuqori saviyada o‘ynashni istayotganini ma’lum qilgan.

Uning xizmatiga Italiyaning "Milan" klubi qiziqish bildirmoqda, klub sport direktori Igli Tare va forvard atrofidagilar o‘rtasidagi aloqalar allaqachon o‘rnatilgan, biroq Italiya tomoni Robertga uning hozirgi 13 million yevro maoshini bir mavsum uchun to‘lashga tayyor emas. "Milan"da o‘ynash uchun Robert talabini yaxshigina pasaytirishiga to‘g‘ri keladi, deya aniqlik kiritadi Pianetamilan.

Kiritildi: 16:31, 13.10.2025.
O'qildi: 785 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик