Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

“Real” va “Barselona” “Bavariya” futbolchisi uchun kurash olib bormoqda

“Real” va “Barselona” “Bavariya” futbolchisi uchun kurash olib bormoqda

Baho:
+ | -

“Real Madrid” va “Barselona” klublari “Bavariya” himoyachisi Dayot Upamekanoni o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Bu haqda Foot Mercato nashri xabar bermoqda.

26 yoshli markaziy himoyachi myunxenliklarning asosiy tarkib futbolchilaridan biri sanaladi. Biroq uning “Bavariya” bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakunlanadi. Tomonlar yangi bitim borasida muzokaralarni boshlagan, ammo hozirda ular kelishuvga erisha olishgani yo‘q. Avvalroq “nemis mashinasi” fransiyalik himoyachiga uzoq muddatli shartnoma taklif qilgan, ammo bu taklif futbolchining talablariga mos kelmagan. Shu bois ular o‘rtasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.

Shuningdek, Upamekanoga Angliyaning ikkita nomdor klubi “Manchester Yunayted” va “Liverpul” jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, fransiyalik himoyachi 2021-yilning yozida “Leypsig”dan “Bavariya”ga 60 million yevro evaziga o‘tgan edi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalar doirasida jami 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:51, 15.10.2025.
O'qildi: 3376 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.