Shotlandiyaning "Reynjers" klubi bosh murabbiy izlashda davom etmoqda. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.
Asosiy nomzod sifatida Xitoyning "Shanxay Port" klubi menejeri Kevin Muskat tilga olinmoqda. U muzokaralar chog‘ida "Reynjers" rahbariyatida taassurot qoldirdi. "Sheffild Uensdey"ning sobiq murabbiyi Denni Ryol ham nomzodlar qatorida.
"Reynjers" Rassell Martinni tayinlanganidan 123 kun o‘tib, 5 oktyabr kuni ishdan bo‘shatdi. "Falkirk" bilan durang jamoani chempionatda sakkizinchi o‘rinda qoldirdi.













