Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

ESPN nashri O‘zbekistonning Jahon chempionatidagi imkoniyatini baholadi

ESPN nashri O‘zbekistonning Jahon chempionatidagi imkoniyatini baholadi

Baho:
+ | -

Ispaniyaning ESPN nashri 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etadigan hamda qatnashish ehtimoli yuqori bo‘lgan eng kuchli terma jamoalar imkoniyatini baholadi. Reytingdan 87 ta terma jamoa o‘rin oldi. Ularning ayrimlari turnirga yo‘llanmani allaqachon qo‘lga kiritgan, boshqalari esa hali saralash bosqichida ishtirok etmoqda.

Baholashda asosiy mezon sifatida jamoalarning so‘nggi natijalari va tarkiblardagi futbolchilarning umumiy qiymati inobatga olingan.

Reytingda Didye Desham boshchiligidagi Fransiya terma jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. 2026-yilgi Jahon chempionatida “uchranglilar” hujum chizig‘ida Kilian Mbappe, Maykl Olise va Usmon Dembele harakat qilishi kutilmoqda. Fransiyaning zaxira hujumchilari sifatida “Liverpul”, “PSJ”, “Inter” va “Manchester Siti” kabi grand klublarda to‘p surayotgan futbolchilar tanlanadi. Markaziy himoya chizig‘ida esa “Arsenal”, “Bavariya” yoki “Liverpul” futbolchilari hatto zaxira o‘rindig‘ida qolishi mumkin. Shu bois mutaxassislar Fransiya JCH-2026 musobaqasining asosiy favoriti hisoblanadi.

Ikkinchi pog‘onadan Ispaniya terma jamoasi joy oldi. Kuchli uchlikni Yevropa qit’asidan birinchilardan bo‘lib Jahon chemionatiga yo‘llanma olgan Angliya terma jamoasi yakunlagan.

Italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi 53-pog‘onadan joy oldi. Umuman olganda, Osiyo qit’asida o‘ynaydigan terma jamoalar orasida eng yuqori o‘rinni Yaponiya egalladi. “Samuraylar” ESPN nashri tomonidan tuzilgan ro‘yxatning 25-pog‘onasida qayd etilgan. Janubiy Koreya (42), Avstraliya (45), Eron (48), O‘zbekiston (53), BAA (60), Iordaniya (61), Saudiya Arabistoni (62) va Qatar (73) ham ushbu 87 talik reytingdan joy olgan.

Dastlabki 20 ta o‘rinni quyidagi jamoa egalladi:

1. Fransiya
2. Ispaniya
3. Angliya
4. Portugaliya
5. Braziliya
6. Niderlandiya
7. Argentina
8. Italiya
9. Germaniya
10. Urugvay
11. Daniya
12. Norvegiya
13. Belgiya
14. Turkiya
15. Shvesiya
16. Kolumbiya
17. Marokash
18. Xorvatiya
19. Shveysariya
20. Ukraina
-----
53. O‘zbekiston

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:19, 16.10.2025.
O'qildi: 5596 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик