Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

“Bavariya” va “Barselona” “YUventus” hujumchisi uchun kurash olib bormoqda

“Bavariya” va “Barselona” “YUventus” hujumchisi uchun kurash olib bormoqda

Baho:
+ | -

“Barselona” va “Bavariya” klublari “Yuventus” hujumchisi Dushan Vlahovichni o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Insayder Nikolo Skira bergan ma’lumotga ko‘ra, har ikki klub ham futbolchi bilan shartnoma imzolash imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

25 yoshli serbiyalik hujumchining “Yuventus” bilan shartnomasi 2026-yilning yozida yakuniga yetadi. Biroq Vlahovich klub bilan bitim imzolamasligi kutilmoqda. Shuning uchun “Barselona” va “Bavariya” futbolchini erkin agent sifatida tarkibga qo‘shib olishga harakat boshlagan. Ular allaqachon futbolchining vakillariga transfer bo‘yicha so‘rov yuborgan.

Avvalroq Dushanga Angliyaning “Nyukasl” klubi qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ular yozda hujumchini sotib olmoqchi bo‘lgan, ammo transfer noma’lum sabablarga ko‘ra amalga oshmay qoldi.

Ma’lumot uchun, Vlahovich joriy mavsum “Yuventus” safida jami 8 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:43, 16.10.2025.
O'qildi: 1804 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик