Kirish Ro'yxatdan o'tish

Prevyu. "Paxtakor" - "Qizilqum"

Prevyu. "Paxtakor" - "Qizilqum"

Baho:
+ | -

"Paxtakor" Superliganing 25-turida "Qizilqum"ni qabul qiladi.

Chempionat doirasida jamoalar 51 uchrashuvda maydonga tushishgan. O‘zaro o‘yinlarda ustunlik jamoamiz tarafida. 42 bahsda yutgan "Paxtakor" 7 bor durang o‘ynagan va 2 marta imkoniyatni boy bergan. "Qizilqum" darvozasiga 140 gol urilib, 32 to‘p o‘tkazilgan.

Toshkentdagi o‘yinlarning 21tasida mezbonlar g‘alaba qozonib, 3 durang va 1 mag‘lubiyatni qayd etgan. O‘z maydonida "Paxtakor" 8 bor ushbu raqibni yirik natija bilan taslim qilgan. 2007 yil Navoiyda o‘tgan bellashuvda "Sherlar" mezbonlar ustidan 11:0 hisobida zafar quchishgan. O‘shanda "Paxtakor" hozirgacha chempionatdagi eng yirik g‘alabani qo‘lga kiritgan.

Bahsni jamoamizdan Umar Adhamzoda diskvalifikasiya tufayli o‘tkazib yuboradi.

"Paxtakor" va "Qizilqum" jamoalari o‘rtasidagi bellashuv 19 oktyabr, yakshanba kuni soat 16:00da "Jar" stadionida boshlanadi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 21:34, 17.10.2025.
O'qildi: 674 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик