Kirish Ro'yxatdan o'tish

Plettenberg Levandovskining "Barselona"dagi kelajagi haqida insayd bilan o‘rtoqlashdi

Plettenberg Levandovskining "Barselona"dagi kelajagi haqida insayd bilan o‘rtoqlashdi

Baho:
+ | -

Sky Sport jurnalisti Florian Plettenbergning ma’lum qilishicha, "Barselona" hujumchisi Robert Levandovski katta ehtimol bilan klub bilan shartnomani uzaytirmaydi.

Polshalik hujumchining amaldagi kelishuvi 2026 yilning yozigacha amal qiladi, biroq uni uzaytirish masalasi ochiq qolmoqda. 37 yoshli futbolchi mavhumlikka qaramay, tarkibdagi o‘rni uchun kurashni davom ettirmoqchi.

Ma’lumot uchun, Levandovski joriy mavsum jami 9ta o‘yinda maydonga tushdi va 4ta gol urishga erishdi. Yaqinda ma’lum bo‘lishicha, polshalik futbolchi terma jamoasi qarorgohida jarohat olib, bir oydan ko‘proq muddatga safdan chiqqan va yaqin o‘yinlarda, shu jumladan, La Liganing "Real"ga qarshi o‘yinida ham jamoasiga yordam bera olmaydi.

Kiritildi: 08:43, 18.10.2025.
O'qildi: 923 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик