Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

OFKga a’zo assosiasiyalar prezidentlari hamda bosh kotiblari ishtirokidagi konferensiyaning birinchi kunidan o‘rin olgan tadbirlar bo‘lib o‘tdi

OFKga a’zo assosiasiyalar prezidentlari hamda bosh kotiblari ishtirokidagi konferensiyaning birinchi kunidan o‘rin olgan tadbirlar bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

17 oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Riyod shahrida Osiyo Futbol Konfederasiyasiga a’zo assosiasiyalar va mintaqaviy assosiasiyalar prezidentlari hamda bosh kotiblari ishtirokidagi 2025 yilgi konferensiya start oldi. Unda tashkilotga a’zo mamlakatlar qatorida O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov va bosh kotib Avaz Maksumov ishtirok etdi.

Uchinchi marotaba o‘tkazilayotgan mazkur konferensiyaning ochilish marosimida OFK Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa oxirgi yillarda OFK musobaqalarni yanada mustahkamlovchi va yorqin kelajak poydevorini yaratuvchi muhim islohotlar amalga oshayotganini qayd etdi:

"Biz islohotlar yo‘lida qat’iy intilamiz. Umumiy maqsadlarimizga erishish yo‘lida tinimsiz mehnat qilishda davom etamiz, bunga faqatgina a’zo va mintaqaviy assosiasiyalar faoliyatini rivojlantirish orqali erishamiz. Shu sababdan ham ushbu konferensiya juda muhim ahamiyatga ega — u ishtirokchilarga yangi yutuqlarga erishish uchun zarur bilim, vosita va aloqalarni taqdim etish maqsadida tashkil etilgan", dedi Shayx Salmon.

Tadbir davomida Osiyo Futbol Konfederasiyasining texnik direktori Endi Roksburg tashkilotning dunyodagi yetakchi konfederasiyaga aylanish missiyasi hamda Osiyo jamoalarining muvaffaqiyatini ta’minlash bo‘yicha strategiyasini bayon qildi. So‘ng UYEFAning ijtimoiy va ekologik barqarorlik bo‘yicha ijrochi direktori Mishele Uva futbolning ta’siri maydondan tashqariga ham chiqishini ta’kidladi.

Konferensiyaning birinchi kunida "Yuqori samaradorlikka ega milliy assosiasiyalar" mavzusida fikr almashildi. Unda O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov, Filippin futbol Federasiyasi prezidenti Jon Antoni V. Gutyerres, Yaponiya futbol assosiasiyasi prezidenti Suneyasu Miyamoto, Iordaniya futbol assosiasiyasi bosh kotibi Samar Nassar, Okeaniya Futbol Konfederasiyasi operasion direktori Frederik Giyemon ishtirok etdilar.

Bugun konferensiyaning ikkinchi kungi dasturida OFK bosh kotibi Datuk Seri Vindsor Jon, FIFAning a’zo assosiasiyalar bilan ishlash bo‘yicha bosh direktori Elkhan Mammadov, Okeaniya Futbol Konfederasiyasi operasion direktori Frederik Giyemon chiqish qiladilar. Shuningdek, kun davomida OFK bosh kotibi o‘rinbosari — a’zo assosiasiyalar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul Vohid Kardani moderatorligida o‘tadigan ikkinchi panel muhokamasi ham tashkil etiladi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 13:30, 18.10.2025.
O'qildi: 463 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик