"Arsenal" safarda APL 8-turidan o‘rin olgan "Fulxem"ga qarshi bahsda 1:0 hisobida zafar quchdi.
Yagona gol 58-daqiqada Leandro Trossard tomonidan kiritildi.
"Arsenal" (19) ketma-ket uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritib, APLda birinchi o‘ringa qaytdi. "Fulxem" (8) ketma-ket uchinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi va turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda.
Angliya Premyer-ligasi, 8-tur
18 oktyabr, shanba, 21:30 «Craven Cottage»
Fulxem - Arsenal - 0:1
Gollar: Trossard, 58 (0:1)
Fulxem: Leno, Sessenyon, Kuenka (Bassi, 82), Andersen (Diop, 42), Kastan, Kerni (Smit-Rou, 63), Berge, Ivobi, King (Kevin, 63), Uilson (Traore, 82), Ximenes
Arsenal: Rayya, Kalafyori, Gabriel Magalyayns, Saliba, Timber, Rays, Subimendi, Eze (Merino, 63), Trossard (Martinelli, 82), Dyokeresh (Nergor, 90), Saka













