Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

«Nasaf»ning OFK Elit chempionlar ligasi 3-turidagi raqibi haqida

«Nasaf»ning OFK Elit chempionlar ligasi 3-turidagi raqibi haqida

Baho:
+ | -

21 oktyabr kun "Nasaf" klubi OFK Elit chempionlar ligasi musobaqasining 3-turi doirasida Birlashgan Arab Amirliklarining "Shabab Al-Ahli" jamoasi bilan kuch sinashadi.

Keling, ushbu jamoa haqida biroz to‘xtalamiz.

"Shabab Al-Ahli" jamoasi 8 yillik tarixga ega. Klub 2017 yili Birlashgan Arab Amirliklari futbolidagi eng nomdor klublar - "Al-SHabab" va "Al-Ahli", shuningdek, "Dubay SK" klublarining birlashtirilishidan tashkil topgan.

Jamoaga muxlislar tomonidan "The Red Knights" (qizil riserlar) degan nom berilgan.

"Shabab Al-Ahli" o‘z uy uchrashuvlarini Dubay shahridagi "Rashid" stadionida o‘tkazadi. Ushbu maydon o‘z bag‘riga 8 mingdan ziyod muxlisni sig‘dira oladi.

Jamoa Birlashgan Arab Amirliklari chempionatining 2 karra g‘olibi, 3 karra Prezident kubogi sohibi va yana 3 karra mamlakat Superkubogi egasi hisoblanadi.

"Shabab Al-Ahli" shu vaqtga qadar Osiyo Futbol Konfederasiyasi tomonidan o‘tkaziladigan rasmiy musobaqalarda 35 ta o‘yin o‘tkazgan. 13 ta o‘yinda g‘alaba qozongan, 7 ta o‘yin dubayliklarning mag‘lubiyati bilan yakunlangan. 11 ta bahsda esa durang natija qayd etilgan.

Jamoani ayni paytda 55 yoshli portugaliyalik mutaxassis Paulo Sousa boshqarmoqda. Ushbu mutaxassis o‘z vaqtida KPR, "Suonsi Siti", "Lester Siti" kabi APL klublarida, shuningdek, "Salernitana" va "Fiorentina" kabi A Seriya klublarida faoliyat olib borgan.

Uning boshqaruvida Isroilning "Makkabi Tel-Aviv" jamoasi va Shveysariyaning "Bazel" klublari o‘z mamlakatlari Oliy ligasida chempionlikga qo‘lga kiritgan. Birlashgan Arab Amirliklari chempionatida o‘tgan mavsum "Shabab Al-Ahli" klubi aynan Sousa qo‘l ostida chempionlikka erishgan.

Jamoa tarkibida ayni vaqt "Valensiya" sobiq futbolchisi Federiko Kartabiya, "Sevilya" jamoasi hujumchisi Munas Dabbur, "Roma" jamoasi sobiq a’zosi Sardor Azmun va Eron terma jamoasining asosiy futbolchilaridan biri Said Izzatullohi kabi Yevropa va Osiyo futbolida nom qozongan futbolchilar to‘p surmoqda.

Ushbu klub O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari uchun ham begona emas. Yaqin yillar mobaynida "Shabab Al-Ahli" safida Odil Hamrobekov, Jaloliddin Masharipov, Aziz G‘aniyev kabi O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari faoliyat olib bordilar.

Eslatib o‘tamiz, OFK Elit chempionlar ligasi 3-turidan o‘rin olgan "Shabab Al-Ahli" — "Nasaf" o‘yini 21 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 21:00 da start olishi ko‘zda tutilgan.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 22:30, 20.10.2025.
O'qildi: 970 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик