Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

O‘zbekiston mezbonlik qiladigan Ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogi musobaqasiga tayyorgarlik rejalari muhokama qilindi

O‘zbekiston mezbonlik qiladigan Ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogi musobaqasiga tayyorgarlik rejalari muhokama qilindi

Baho:
+ | -

Yurtimiz so‘nggi yillarda FIFA va OFK miqyosidagi yirik musobaqalarni qabul qilish borasida katta qadamlar tashlamoqda. Xususan, tarixda ilk bor 2029 yilda ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogi O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasida mazkur musobaqaga tayyorgarlik rejalari muhokama qilindi. Uchrashuvda O‘FA rahbariyati, OFK bosh kotibining o‘rinbosari Shin Man Gil, OFK musobaqalarni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Avaz Berdiqulov va musobaqalarni o‘tkazish menejeri Xinan Yin ishtirok etdi.

O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov O‘zbekistonda ayollar futbolini rivojlantirish alohida strategiya asosida amalga oshirilayotganini ta’kidlab, 2029 yilgi Osiyo kubogi o‘zbekistonlik ayol-qizlar uchun katta motivasiya bo‘lishini qayd etdi. Shuningdek, mahalliy tashkiliy qo‘mita musobaqani yuqori saviyada o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilishini ma’lum qildi.

OFK bosh kotibining o‘rinbosari Shin Man Gil O‘zbekiston yirik musobaqalarni o‘tkazish bo‘yicha katta tajribaga ega ekanini ta’kidlab, yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi qit’a musobaqalari yuqori saviyada o‘tkazilganini e’tirof etdi. U, shuningdek, 2029 yilgi Ayollar Osiyo kubogi ham tarixdagi eng yaxshi musobaqalardan biriga aylanishiga ishonch bildirdi.

Uchrashuv davomida OFK va O‘FA vakillari 2029 yilgacha amalga oshiriladigan ishlar rejasini muhokama qildilar. Jumladan, mezbon hududlar va stadionlarni aniqlash, musobaqa ramzlari va logotiplarini yaratish, qur’a tashlash marosimi hamda uchrashuv sanalarini belgilash, mashg‘ulot maydonlari, transport, logistika, mehmonxonalar, xavfsizlik, media, translasiya va promoshn kabi yo‘nalishlardagi keyingi rejalar ko‘rib chiqildi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 07:35, 21.10.2025.
O'qildi: 923 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.