Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Infantino Boliviyada jahon chempionatini o‘tkazish rejasi haqida gapirdi

Infantino Boliviyada jahon chempionatini o‘tkazish rejasi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

FIFA prezidenti Janni Infantino jahon chempionatlaridan birini Boliviyada o‘tkazishni xohlashini ma’lum qildi. Bu haqda u turli yosh toifalari terma jamoalari uchun mo‘ljallangan mahalliy futbol federasiyasining yangi mashg‘ulot bazasi ochilishi marosimida aytdi. Boliviya baland tog‘li hududda joylashgani sababli, ko‘plab terma jamoalar bu yerda o‘ynaganda qiyinchilikka duch keladi.

«Biz, albatta, bu yerda jahon chempionatini o‘tkazamiz. Qaysi jahon chempionati ekanini keyin ko‘ramiz, ammo bu yerda yaratilayotgan infratuzilma va mamlakatning futbolga bo‘lgan ishtiyoqini hisobga olsak, bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlashda davom etishimiz kerak», — dedi Infantino ABC nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, keyingi jahon chempionati 2026 yilda AQSH, Meksika va Kanadada o‘tkaziladi. 2030 yilgi mundial olti davlatda, 2034 yilgi musobaqa esa Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.

Manba: football24.ru
Kiritildi: 20:39, 21.10.2025.
O'qildi: 1376 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик