Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Ispaniyada «Barselona»ning qarzlari qancha ekani oshkor etildi

Ispaniyada «Barselona»ning qarzlari qancha ekani oshkor etildi

Baho:
+1 | -

"Barselona" klubining boshqa jamoalar oldidagi umumiy qarzi taxminan 159 million yevroni tashkil etadi, deb xabar bermoqda Foot Mercato nashri.

Futbol klubining moliyaviy ahvoli hanuz tang holatda. Prezident Joan Laporta tomonidan klub iqtisodiyotini barqarorlashtirish uchun aktivlarni sotish va tijoriy kelishuvlar orqali ko‘rilgan choralarga qaramay, «Barselona» La Liga moliyaviy feyr-pley qoidalariga rioya etishda qiynalishda davom etmoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan mavsum yakuniga ko‘ra «Barselona» soliqlar to‘langanidan so‘ng 17 million yevro miqdorida zarar qayd etgan. Klub a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda rahbariyat so‘nggi yillardagi transferlar bilan bog‘liq Yevropa jamoalari oldidagi qarzlar haqida hisobot taqdim etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, katalon klubi hali ham «Manchester Siti»ga Ferran Torres uchun 13 million yevro, «Bavariya»ga esa Robert Levandovski uchun 10 million yevro qarzdor.

Eng yirik to‘lovlar Dani Olmoning transferi bilan bog‘liq — yaqin muddatda 19 million yevro va uzoq muddatda yana 15 million yevro to‘lanishi kutilmoqda. Shuningdek, «Barselona» Braziliyaning «Paranaense» klubiga Vitor Roke uchun 17 million yevro to‘lashi lozim.

Jami transfer qarzlari 159 million yevroga yetgan. Kreditorlar ro‘yxatiga fransuz klublari ham kirgan: «Bordo»Jyul Kunde tayyorgarligi uchun 359 ming yevro, havaskor «La Bred» klubi esa 80 ming yevro olishi kerak. Shuningdek, «Renn» klubi Rafinya transferi bilan bog‘liq 32 ming yevro to‘lovni kutayapti. «Barselona» esa hali ham «Lids» jamoasiga ushbu futbolchi uchun 42 million yevro qarzdor hisoblanadi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 21:40, 21.10.2025.
O'qildi: 3410 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик