Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Elit OCHL. «Nasaf» ketma-ket uchinchi o‘yinda yutqazdi

Elit OCHL. «Nasaf» ketma-ket uchinchi o‘yinda yutqazdi

Baho:
+ | -1

Elit Osiyo chempionlar ligasi 3-turi doirasida "Nasaf" Dubayda "Shabab al-Ahli" klubi mehmoni bo‘lib, imkoniyatni boy berdi.

Mezbonlar 8-daqiqada Federiko Kartabiya tomonidan urilgan gol evaziga hisobni ochishdi. "Nasaf" esa oradan 2 daqiqa o‘tar-o‘tmas muvozanatni tikladi — Zafarmurod Abdurahmatov o‘tkir burchak ostida chiroyli zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi.

Shundan so‘ng "Nasaf" o‘yin nazoratini o‘z qo‘liga olish uchun harakat qildi. Ammo 27-daqiqada "Shabab" jarima zarbasini ishladi. Kartabiya tomonidan yetkazilgan to‘pga Renan Viktor davrozagacha 13 metrlar masofadan zarba berdi. Darvozabonimiz Varobey esa qaytarishi shart bo‘lgan to‘pni o‘tkazib yubordi.

Shundan ustunlik dubayliklar tomoniga o‘tdi va ular tanaffusga qadar hisobdagi farqni 2 ta golga oshirishdi — Mateosao tezlikda himoyachimizdan qochib ketdi va Vorobeyni dog‘da qoldirdi.

Ro‘ziqul Berdiyev ikkinchi bo‘limda bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirib, vaziyatni o‘nglashga intildi. Ammo bugun yaxshi formada bo‘lgan "Shabab al-Ahli" qarshiliklarga imkoniyat qoldirmadi. Boz ustiga, tinib-tinchimas Kartabiya qo‘shib berilgan daqiqalarda aniq pas bilan Brenoni darvozamiz oldida qulay vaziyatga chiqardi va hisob 4:1 ga yetdi.

"Nasaf" ketma-ket 3 ta g‘alabadan keyin G‘arb mintaqasida eng so‘nggi pog‘onani egallab turibdi.

Elit OCHL. 3-tur. 21:00
«Shabab al-Ahli» - «Nasaf» - 4:1 (3:1)
Gollar: Federiko Kartabiya (8), Renan Viktor (27), Mateosao (41), Breno (90+5) — Zafarmurod Abdurahmatov (10)
«Shabab al-Ahli» - 22. Hamad Almeqeboliy, 13. Renan Viktor, 4. Bogdan, 75. Mateus Enrike, 23. Mersad, 6. Said Izzatullohiy, 88. Maksimovich, 10. Kartaniya (s), 77. G.Bala, 9. Dabbur, 19. M.Lima
«Nasaf»: 1.Vorobey, 2.Davronov, 22.Golban, 28.Muhammadiyev, 34.Nasrullayev, 14.Muhitdinov, 92.Eshmurodov, 8.Abdurahmatov, 7.SHala, 10. Cheran, 24.Bahromov

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:59, 21.10.2025.
O'qildi: 1901 marta.
Fikrlar: 38 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик