Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

APLning ikki top klubi "Real"ning transfer rejasini barbod qilmoqchi

APLning ikki top klubi "Real"ning transfer rejasini barbod qilmoqchi

Baho:
+ | -

Bir vaqtning o‘zida Angliya Premyer-ligasining ikki vakili "Komo" yarim himoyachisi Nikolas Pasni nishonga oldi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "Arsenal" va "Chelsi" argentinalik yarim himoyachini Madridning "Real" klubiga qaytish imkoniyatidan voz kechishga ko‘ndirmoqchi. Ta’kidlanishicha, Pasning o‘zi Premyer-liga klublaridan biriga o‘tishni afzal ko‘rishi mumkin, chunki hozirda "Real"da uning pozisiyasida juda ko‘p kuchli futbolchilar bor.

Joriy mavsumda 21 yoshli Pas Italiya A Seriyasi doirasida 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Yarim himoyachining Transfermarkt portalidagi narxi 55 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 13:40, 23.10.2025.
O'qildi: 2909 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик