Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

“Navbahor” va “Neftchi” 3 ochkodan mahrum qilinishi mumkin — O‘FA qarzdor klublarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rmoqchi

“Navbahor” va “Neftchi” 3 ochkodan mahrum qilinishi mumkin — O‘FA qarzdor klublarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rmoqchi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi (O‘FA) bir qator professional klublarning futbolchilar va boshqa jamoalar oldidagi moliyaviy majburiyatlarini bajarmayotganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, “Navbahor”, “Neftchi”, “Andijon”, “Xorazm”, “Buxoro”, “Qumqo‘rg‘on-1977” va “TerDU” klublari qarzlarini belgilangan muddatlarda to‘liq qoplamagan.

Yozilishicha, “Navbahor” futbolchilar Jamshed Iskandarov, Ibrohim Yo‘ldoshev, Diyorjon Turopov, Odil Hamrobekov, Abror Ismoilov, Shahzodbek Ubaydullayev va murabbiy Muhiddin Ortiqov oldidagi qarzlarni to‘liq to‘lamagan.

“Neftchi” esa Azizbek Amonov, Manuchehr Safarov va Shohruh G‘adoyev bilan bo‘lgan moliyaviy majburiyatlarini bajarmagan.

Bundan tashqari, “Andijon” klubi “Paxtakor” va “Bunyodkor” oldidagi mashg‘ulot kompensasiyasi hamda transfer shartnomalari bo‘yicha, “Xorazm” va “Buxoro” esa “Paxtakor” oldidagi qarzlarini to‘lamagan.

“Qumqo‘rg‘on-1977” futbolchi Orzu Razzoqov, “TerDU” esa Sarvar Husonov va Farrux Haydarov bilan hisob-kitob qilmagan.

Avvalroq, qarzlarni o‘z vaqtida uzmaganlik sababli “Navbahor” va “Neftchi” klublariga 2025-yilgi mavsumda qishki transfer oynasida yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqi qo‘yilgandi. Viloyat hokimliklari tomonidan qarzlarni to‘lash bo‘yicha kafolat xatlari taqdim etilgach, bu taqiq vaqtincha olib tashlangan, biroq to‘lovlar to‘liq amalga oshirilmagan.

O‘FA ta’kidlaganidek, bu klublarning qarzlarini uzmasdan kelayotgani sababli ularga nisbatan yanada qat’iy choralar ko‘rilishi kutilmoqda.

3 noyabr kuni O‘FAning tegishli qo‘mitasida quyidagi sanksiyalar muhokama qilinadi:

- “Navbahor lochinlari” va “Neftchi” klublaridan Superligadagi 3 ochko olib tashlash va qishki transfer oynasida yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqlash;

- “Andijon”, “Xorazm”, “Buxoro” va “TerDU” klublariga yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha taqiq qo‘yish;

- “Qumqo‘rg‘on-1977” klubini esa musobaqadan chetlashtirish ehtimoli mavjud.

“Assosiasiya a’zosi bo‘lgan har bir klub futbolchilar, murabbiylar va boshqa jamoalar oldidagi moliyaviy majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarishi shart”, deyiladi O‘FA bayonotida.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:20, 23.10.2025.
O'qildi: 1634 marta.
Fikrlar: 76 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.