Kirish Ro'yxatdan o'tish

Shesni "klasiko"da mavsum rekordini o‘rnatdi

Shesni "klasiko"da mavsum rekordini o‘rnatdi

Baho:
+ | -

"Barselona" Madridning "Real" klubiga mag‘lub bo‘ldi (1:2), ammo darvozabon Voysex Shesnining seyvlarisiz vaziyat bundan ham yomonroq bo‘lishi mumkin edi.

35 yoshli darvozabon "qaymoqranglilar"ning to‘qqizta zarbasini qaytardi - bu La Ligada joriy mavsum rekordini takrorlashdir. Bungacha "Levante"dan Pablo Kunyat ("Barselona"ga qarshi) va "Xetafe"dan David Soriya ("Real"ga qarshi) xuddi shunday ko‘rsatkichga erishgandi. Polyak, shuningdek, bitta o‘yinda urilgan gollarning oldini olish bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi - 2,3.

"Real" safida gollarga 22 va 43-daqiqalarda Kilian Mbappe hamda Jud Bellingem mualliflik qildi. "Ko‘k-anorranglilar" safida 38-daqiqada Fermin Lopes gol urdi.

Kiritildi: 08:49, 27.10.2025.
O'qildi: 1414 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик