Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Slot "Liverpul"ning APLdagi uzoq kutilgan g‘alabasidan so‘ng izoh berdi

Slot "Liverpul"ning APLdagi uzoq kutilgan g‘alabasidan so‘ng izoh berdi

Baho:
+ | -

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot APL doirasidagi "Aston Villa"ga (2:0) qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Har bir o‘yinda jamoalar o‘rtasidagi farq katta emas - barchasini detallar hal qiladi. 5-daqiqada "Aston Villa" darvoza ustuniga zarba berdi, bu safar ham standartlardan gol o‘tkazib yuborishimiz mumkin edi. Bugun biroz omadimiz keldi, so‘nggi paytlarda bunday bo‘lmagan edi. Ikkinchi golimiz omad kulib boqqanidan so‘ng urildi. Futbolchilar va muxlislar bu oqshom g‘alaba qozonish qanchalik muhimligini his qilishdi. Biz xarakter ko‘rsatdik va maqsadimizga erishdik," - deya Slotning so‘zlarini keltiradi BBC.

"Liverpul" ochkolarini 18 taga yetkazib, o‘n turdan so‘ng APL turnir jadvalida uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Kiritildi: 07:41, 02.11.2025.
O'qildi: 653 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.