Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

«Barselona» asosiy darvozabonining safga qaytish sanasi aniq bo‘ldi

«Barselona» asosiy darvozabonining safga qaytish sanasi aniq bo‘ldi

Baho:
+2 | -1

«Barselona» darvozaboni Joan Garsiya tez orada jarohatidan to‘liq tiklanishi kutilmoqda. 24 yoshli ispaniyalik futbolchi sentyabr oyining oxiridan beri tizzasidagi jarohat sabab o‘yinlarda qatnashmayotgan edi. Marca nashrining yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, darvozabon individual mashg‘ulotlarda yuklamalarni muammosiz bajarmoqda.

Kelasi haftada Garsiya jamoaviy mashg‘ulotlarga qo‘shilishi kutilmoqda, uning asosiy tarkibga qaytishi esa, ehtimol, 22 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan «Atletik» (Bilbao)ga qarshi o‘yinga to‘g‘ri keladi. Bu o‘yin terma jamoalar bahslari uchun ajratilgan tanaffusdan keyin bo‘lib o‘tadi.

Xalqaro tanaffusgacha «Barselona» «Elche» (bugun), «Bryugge» (5 noyabr) va «Selta» (9 noyabr) bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Kiritildi: 12:34, 02.11.2025.
O'qildi: 2107 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик