Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

"Inter" bosh murabbiyi: "Men bu xatoni hech qachon takrorlamayman"

"Inter" bosh murabbiyi: "Men bu xatoni hech qachon takrorlamayman"

Baho:
+ | -

Yakshanba kuni «Inter» A Seriyaning safar uchrashuvida «Verona»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu o‘yinda jarohatdan sog‘aygan hujumchi Markus Tyuram yana «neradzurrilar» qaydnomasiga kiritilmadi.

«Markus sog‘lom, lekin hali formaga kirishi kerak. Biz uni safarga olib ketmaslikka qaror qildik, chunki baribir uni maydonga tushirmas edim. Menga faqat to‘liq tayyor futbolchilar kerak. O‘zim ham futbolchi bo‘lganman, jarohatlar olganman — agar uchta mashg‘ulotdan keyin maydonga chiqsangiz, qayta jarohat olish xavfi katta bo‘ladi. Men bu xatoni hech qachon takrorlamayman», — deya «Inter» matbuot xizmati Kivuning so‘zlarini keltirgan.

Markus Tyuram sentyabr oxiridan beri birorta o‘yinda qatnashmagan.

Eslatib o‘tamiz, chorshanba kuni «Inter» Chempionlar ligasida Qozog‘istonning «Qayrat» klubiga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 08:51, 03.11.2025.
O'qildi: 813 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик