Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

VI Islom birdamligi o‘yinlari. Futzalchilarimiz Saudiya Arabistonini yirik hisobda mag‘lub etdi

VI Islom birdamligi o‘yinlari. Futzalchilarimiz Saudiya Arabistonini yirik hisobda mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistonida boshlangan VI Islom birdamlik o‘yinlarining futzal musobaqasi doirasida bugun dastlabki bahslar o‘tkazildi. "A" guruhida ishtirok etayotgan O‘zbekiston futzal terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga chiqdi.

Birinchi bo‘lim tengkurashlar ostida kechdi. Gollar esa taymning so‘nggi daqiqasida urildi. Abdulla Ali Almachrabi dabl-penaltidan hisobni ochdi — 1:0. Biroq jamoamiz tezda javob qaytardi: shu daqiqadayoq Muzaffar Axadjonov gol urib, hisobni tenglashtirdi — 1:1.

Ikkinchi bo‘limda o‘zbekistonlik futzalchilar ustunlikni to‘liq o‘z qo‘liga oldi. 27-daqiqada Muhammadali Husanboyev jamoamizni oldinga olib chiqdi — 1:2. Oradan besh daqiqa o‘tib Akbar Usmonov hisobni 1:3 qilib oshirdi. 34-daqiqada Mashrab Odilovning goli ustunlikni yanada mustahkamladi — 1:4.

Uchrashuv so‘ngida Saudiya terma jamoasi beshinchi o‘yinchi taktikasi ostida harakat qila boshladi. Buning natijasida Solih Mari Alqarniy bitta javob to‘pini kiritgan bo‘lsa, darvozabonimiz Abbos Elmurodov beshinchi golimizga mualliflik qildi — 2:5!

Bu natija bilan O‘zbekiston terma jamoasi “A” guruhida ilk turni ishonchli g‘alaba bilan yakunladi.

VI Islom birdamlik o‘yinlari. “A” guruhi, 1-tur
Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston – 2:5
Gollar:
1:0 — Abdulla Ali Almachrabi (20')
1:1 — Muzaffar Axadjonov (20’)
1:2 — Muhammadali Husanboyev (27')
1:3 — Akbar Usmonov (32')
1:4 — Mashrab Odilov (34')
2:4 — Solih Mari Alqarni (38')
2:5 — Abbos Elmurodov (39')
Ogohlantirish: Xayrullo Solixov (5')

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:49, 04.11.2025.
O'qildi: 968 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик