Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Islombek Ismoilov: «Asosiy maqsad — mamlakatimiz uchun g‘alaba qozonish»

Islombek Ismoilov: «Asosiy maqsad — mamlakatimiz uchun g‘alaba qozonish»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi ertaga, 8-noyabr kuni FIFA U-17 Jahon chempionati “J” guruhi 2-turi doirasida Irlandiyaga qarshi bahs olib boradi.

Ushbu uchrashuv oldidan, FIFA rasmiy sahifasida O‘zbekiston U-17 terma jamoasi, bosh murabbiy Islombek Ismoilov hamda futbolchimiz Azizbek Abdumo‘minov haqida maqola e’lon qilindi.

Uni to‘liq o‘zbek tilida o‘qishingiz mumkin:

O‘zbekiston Qatar mezbonlik qilayotgan FIFA U-17 Jahon chempionatidagi ishtirokini ajoyib tarzda boshlab, Paragvay ustidan 2:1 hisobi bilan g‘alaba qozondi va barchani hayratda qoldirdi. Bu natijaga bosh murabbiy Islombek Ismoilovning muhim qarori sabab bo‘ldi.

Taktik sirlar uzoqqa cho‘zilmaydigan zamonda Ismoilov odatda hujumkor yarim himoyachi sifatida o‘ynaydigan, qanotda ham harakatlana oladigan Azizbek Abdumo‘minovga hujumdagi asosiy rolni topshirdi — va futbolchi Paragvayga qarshi bahsda o‘zini ko‘rsatdi.

Ushbu qaror va jamoaning maqsadlari haqida Ismoilov ham, Abdumo‘minov ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Har bir o‘yinga ikki asosiy maqsad bilan chiqamiz: mamlakatimiz uchun g‘alaba qozonish va har bir futbolchidan maksimal foydalanish. Tan olishim kerak, Abdumo‘minov bu uchrashuv uchun bizning maxfiy qurolimiz edi. U ham jismonan, ham ruhan tayyor edi”, — dedi murabbiy.

Ismoilov shogirdining barqarorligini ham ta’kidladi: “U mashg‘ulotlarda tinimsiz ishladi va o‘sha mehnatini maydonda namoyish etdi”.

Abdumo‘minovning U-17 terma jamoasidagi statistikasiga qaraganda, bu o‘yin uning “portlashi” bo‘lishi kutilmagan edi. U bungacha faqat nazorat uchrashuvlarida 2 ta gol kiritgan, Osiyo chempionatida esa faqat bir marta asosiy tarkibda maydonga tushgan edi.


Ismoilov futbolchining moslashuvchanligini qayd etdi: “U tabiatan yarim himoyachi, ammo turli pozisiyalarda o‘ynay oladi va o‘z imkoniyatlarini namoyish etadi”.

Abdumo‘minov esa ikki gol va “Eng yaxshi futbolchi” sovrini bilan o‘yindan so‘ng o‘z quvonchini yashirmadi:

“Men nihoyatda baxtiyorman. Bu hisni so‘z bilan ifoda etish qiyin. Bu jamoaviy g‘alaba. Menga ishonch bildirgan murabbiylardan juda minnatdorman. Barchamiz juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Murabbiylar menga o‘zimni ko‘rsatish imkonini berganidan juda minnatdorman. Maydonga tushgan zahoti bor kuchimni berdim va "Eng yaxshi futbolchi" sovrinini olish men uchun katta faxr”.



Osiyo chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan Asilbek Aliyevni tarkibdan qoldirish — dadil qaror edi. Ammo Abdumo‘minovning o‘yini O‘zbekiston jamoasi uchun g‘alaba keltirdi:

“Biz bu yerga kubokni qo‘lga kiritish uchun keldik. Bu oson bo‘lmaydi, lekin biz turnirda ilgarilash va yurtimizni faxrlantirish uchun bor kuchimizni sarflaymiz,” — dedi Abdumo‘minov.

Krishtianu Ronaldu va Jud Bellingemning ashaddiy muxlisi bo‘lgan Abdumo‘minov birinchi golini murabbiy bilan, ikkinchisini esa Ronaldu uslubida nishonladi. Endi u shunga o‘xshash gollarni Irlandiya Respublikasi bilan bo‘ladigan uchrashuvda ham kiritish umidida.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 18:33, 07.11.2025.
O'qildi: 2352 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.