Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Slot van Deykning tanqidiga munosabat bildirdi

Slot van Deykning tanqidiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot jamoa sardori Virjil van Deykning tanqidlari haqida gapirdi.

"Qizillar" joriy mavsumda barqaror o‘yin ko‘rsatmayapti, buning uchun ayniqsa jamoaning asosiy futbolchilari, jumladan, niderlandiyalik tajribali himoyachi jabr ko‘rmoqda.

"Shubhasiz, van Deyk bizning yetakchimiz. U ko‘p yillardan beri muhim rol o‘ynamoqda. Menimcha, mening faoliyatimda bunday fazilatlarga ega bo‘lgan ko‘plab kapitanlar bo‘lmagan. U 10 balldan 10 ballni ushlab turadi va 10 balldan 9 ball bilan o‘ynaganida, uni tanqid qila boshlashadi. Boshqa o‘yinchilar bunday darajadagi o‘yin uchun maqtovga sazovor bo‘lishadi, Virjil esa tanqidga uchraydi.

U taxminan o‘tgan mavsumdagi kabi formada, ammo ba’zi epizodlarda himoyada yaxshiroq o‘ynashi mumkin edi, shuning uchun u darhol tanqidga uchradi. Ehtimol, buni maqtov sifatida qabul qilish kerakdir, chunki uning o‘zi shunday yuqori darajani belgilagan", - deya Slotning so‘zlarini keltiradi ingliz OAV.

Kiritildi: 07:48, 08.11.2025.
O'qildi: 667 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик