Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Sloveniya terma jamoasi bosh murabbiyi "MYU"ni ayblamoqda

Sloveniya terma jamoasi bosh murabbiyi "MYU"ni ayblamoqda

Baho:
+ | -

Sloveniya terma jamoasi bosh murabbiyi Matyaj Kek "Manchester Yunayted"ni hujumchi Benjamin Sheshko bilan yuzaga kelgan vaziyatda hurmatsizlikda aybladi.

Shesko o‘tgan shanba kuni "Tottenxem"ga qarshi o‘yinda tizzasidan olgan jarohati tufayli Sloveniya terma jamoasining xalqaro o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi kutilmoqda.

Ayni paytda, "Manchester Yunayted" sloveniyalik hamkasblariga Sheshkoning jarohati haqida ma’lumot bermadi va bu Kekni eng ko‘p g‘azablantirmoqda.

"Manchester Yunayted"dek buyuk klubni hurmat qilsak, biz ulardan hali hech narsa olganimiz yo‘q - na qog‘oz, na hujjat.

Biz ularni albatta qabul qilishni xohlaymiz. Tibbiy guruhimiz ham ularni ko‘rib chiqishini istaymiz. Bizning shifokorimiz bu sohada mutaxassis.

Men bu haqda izoh bera olmayman, lekin menda ba’zi ma’lumotlar bor va Benjamin bilan aloqadaman.

Men hech narsa deya olmayman, chunki biz rasman hech narsa bilmaymiz. "MYU" bizning lagerda hech kim bilan aloqada bo‘lmagan. Albatta, men futbolchi haqida qayg‘uraman, men uchun yagona narsa - uning farovonligi.

Biz uning farovonligi uchun hamma narsani qilishga tayyormiz va hech qachon zarracha tavakkal qilib, hech kimni maydonga tushirmaymiz. Biroq, milliy terma jamoa juda o‘ziga xos narsa va men hammadan o‘ta hurmatni talab qilaman. Garchi boshqa tomon Angliyadek kuch va Premyer-liga kabi ajoyib liga bo‘lsa ham, Sloveniya bunga loyiq.

Axir, Angliya Sloveniyaga mag‘lub bo‘lganiga ancha bo‘ldi va buning o‘zi nimanidir ko‘rsatmoqda", - dedi Kek Evening Standard bilan suhbatda.

Kiritildi: 22:12, 10.11.2025.
O'qildi: 2373 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик