Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa

Davletov: «Birinchi taymda vaziyatlardan foydalanganimizda ikkinchi bo‘lim biz uchun yanada oson o‘tardi»

Davletov: «Birinchi taymda vaziyatlardan foydalanganimizda ikkinchi bo‘lim biz uchun yanada oson o‘tardi»

Baho:
+ | -

Superliga 28-turidan o‘rin olgan Surxon - Sho‘rtan (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— O‘yin haqida fikringiz?

— Birinchi taymda yetarli darajada vaziyatlar yaratdik, faqat foydalanish kerak edi. Shunda ikkinchi bo‘lim biz uchun yanada oson o‘tardi. Tanaffusdan keyin ham barqaror o‘yin namoyish etishga harakat qildik, sabr qilib oxirigacha kutdik. 1:0 hisobida g‘alabaga erishdik va navbatdagi uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Harakat qilishda davom etamiz. O‘ylaymanki, hammada kayfiyat yaxshi. O‘yin og‘ir bo‘lishini futbolchilarga aytgandik, chunki "Sho‘rtan" asosiy etiborni himoyaga qaratishini bilardik. "Sho‘rtan" bilan o‘yinlar oson bo‘lmayapti deb bemalol ayta olaman.

— Asilbek Jumayev ikkinchi bo‘limda maydonga tushdi. Bu nima bilan bog‘liq?
— Biz Asilbekni atayin ikkinchi bo‘limga saqlab qo‘ydik. U zaxiradan maydonga tushib o‘yinni kuchaytiradi deb o‘ylagandik va shunday bo‘ldi ham. Bahsni asosiy tarkibda boshlagan Asadbek Karimovning ham harakatlaridan ko‘nglimiz to‘ldi. U kam amaliyotga ega bo‘lmoqda, shu bois maydonda sinab ko‘rishga qaror qildik. Asilbek Jumayev endi olimpiya terma jamoamiz safiga yo‘l oladi va 19 noyabr kuni jamoamizga qaytadi

— Mavsum tugashiga oz qoldi. Rustam Turdimurodov juda yaxshi mavsumni o‘tkazyapti, u kelasi yil ham jamoada qoladimi?
— Men uchun bu haqda gapirish qiyin. Chunki jamoamizda muammolar ko‘p va tez orada bartaraf etilsa kerak. Turdimurodov zo‘r futbolchi va menimcha, barcha jamoalar uni xohlaydi. Hammasi yaxshi bo‘lsa, albatta safimizda olib qolamiz.

Manba: https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL
Kiritildi: 22:47, 10.11.2025.
O'qildi: 825 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик