"Yuventus" yarim himoyachisi Kefren Tyuram noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan JCH-2026 saralash bosqichi o‘yinlari uchun Fransiya terma jamoasiga chaqirildi, deya xabar bermoqda jamoa matbuot xizmati.
24 yoshli fransuz allaqachon jamoa qarorgohiga yetib kelgan.
Avvalroq jurnalist Fabris Xoukins X ijtimoiy tarmog‘ida Tyuramni Eduardo Kamavinganing tizza osti payidagi noaniqlik tufayli chaqirishganini ma’lum qilgandi.













